Farg‘ona IEMda 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tizimli ishlar amalga oshirildi
Mavsumga tayyorgarlik ishlari davomida barcha asosiy va yordamchi uskunalarda joriy, o‘rta va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xususan, 6 ta qozon agregati, 4 ta turbogenerator, 2 ta gaz turbina qurilmasi, shuningdek, asosiy va yordamchi uskunalar ta’mirlandi.
Ma’lumot o‘rnida: 2023-yilning 9 oyi davomida markaz tomonidan 268,4 mln kVt⋅soat elektr, 665,9 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, reja 102,8 foizga bajarildi.
Maqsad — aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini sifatli elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlashdan iborat.
12.10.2023
336
Охирги янгиликлар