Jahon banki guruhi va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Marrakeshda (Marokash) bo‘lib o‘tayotgan yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish to‘g‘risida bitimni imzoladilar
Jahon banki guruhi va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Marrakeshda (Marokash) bo‘lib o‘tayotgan yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish to‘g‘risida bitimni imzoladilar.
Ushbu mablag‘lar “O‘zbekiston energetika sektorini transformatsiya qilish uchun innovatsion uglerodli moliyalashtirish” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Loyiha toza energiya ishlab chiqarish, energiya samaradorligini oshirish va energiya subsidiyalarini isloh qilishda ko‘mak beradi.
13.10.2023
416
Охирги янгиликлар