Press-tur: germaniyalik jurnalistlar Samarqand shahridagi “Xishrav” gidroelektr stansiyasiga tashrif buyurishdi
Bugun, 20-oktyabr kuni Energetika vazirligi tomonidan mamlakatimizga Germaniya Federativ Respublikasidan tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Samarqand shahridagi “Xishrav” gidroelektr stansiyasiga press-tur tashkil qilindi.
Mazkur GES quvvati 26,6 MVtga teng bo‘lib, u yiliga o‘rtacha 140 mln kVt•soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Natijada 57,3 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Ushbu GES 88,4 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur GES 2022-yilning dekabr oyida modernizatsiyadan so‘ng yangi quvvatda ish boshlagan edi.
20.10.2023
297
Охирги янгиликлар