Tezkor tadbir: Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda o‘tkazilgan nazorat tadbirida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, fuqaro R.E.I. ga tegishli, umumiy iste’mol quvvati 840,4 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming so‘m qayta hisob-kitob qilindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
22.10.2023
318
Охирги янгиликлар