Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
➖Qibray tumanida faoliyat yuritib kelayotgan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini baholash markazi o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 389 mln 800 ming so‘m;
➖Zangiota tumanida joylashgan “E.J.B.” MChJga qarashli yem ishlab chiqarish sexining o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 166 mln 536 ming so‘m;
➖Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.K.Sh. ga qarashli dala-hovli o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 141 mln 912 ming so‘m, jami 698 mln 248 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.