“Oʻzkimyosanoat AJ” yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi
Joriy yilning 24-oktyabr kuni London shahrida “Fitch Ratings” agentligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ vakillari oʻrtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Natijada “Fitch Ratings” reyting qoʻmitasi “Oʻzkimyosanoat” AJga xalqaro kredit reytingini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. “Oʻzkimyosanoat AJ” yurtimiz kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi.
Qolaversa, Jamiyat va xalqaro agentlik oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi.
Maʼlumot uchun: “Fitch Ratings Inc.” — dunyodagi eng yirik xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lib, u jahon kredit bozorlarini mustaqil va istiqbolli kredit baholashlari, tadqiqotlari hamda maʼlumotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashtirilgan.
26.10.2023
432
Охирги янгиликлар