Bu borada Аndijon viloyatida ishlar yaxshi boshlangani, lekin Fargʼona, Surxondaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida bu yilgi 15 ta kichik va mikro GESni qurish loyihasi kechikayotgani koʼrsatib oʼtildi.
Mutasaddilarga qurilish ishlarini jadallashtirish, qoʼshimcha zaxiralarni topishga koʼrsatma berildi.
Misol uchun, Norin daryosida kaskadlar qurib, 230 megavatt quvvatlarni ishga tushirish va Namangandagi 450 ming aholiga yetarli elektr ishlab chiqarish imkoniyati bor.
"Oʼzbekgidroenergo"ga 6 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish boʼyicha besh yillik dastur ishlab chiqish va xususiy sheriklik asosida yirik xorijiy energetika kompaniyalarini jalb qilish topshirildi.
Toldiqsoy, Mullalak, Qorongʼi-toʼgʼay, Yuqori Pskom va Norin yirik GESlarini qurish loyihalari doirasida esa texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqishni yakunlash va xorijiy investorlarni jalb qilish vazifasi qoʼyildi.