Respublika boʼyicha reja 98 foizga bajarilgan boʼlsa-da, Аndijon, Namangan va Surxondaryoda orqada qolayotgani koʼrsatib oʼtildi.
Ikki hafta muddatda barcha kuch va vositalarni safarbar qilib, qozonxonalar va isitish tarmoqlarini taʼmirlash ishlarini yakunlashga topshiriq berildi.
Ijtimoiy soha muassasalarida ham eski va energiya sarfi yuqori boʼlgan qozonlarni yangilashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun yetarli hajmda koʼmir yetkazib berish muhimligi taʼkidlanib, 10 noyabrga qadar ijtimoiy soha obʼektlariga qoʼshimcha 60 ming tonna koʼmir yetkazib berish topshirildi.
Аyrim hududlarda aholiga koʼmir tarqatish tizimi toʼgʼri yoʼlga qoʼyilmagani, oqibatda yetkazib berilgan koʼmirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yoʼl qoʼyilayotgani koʼrsatib oʼtildi.
Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan koʼmirning aholiga yetib borishini nazorat qilish boʼyicha tizim yaratish topshirildi.
Yigʼilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.