Oktyabr oyida sifatsizligi aniqlangan 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sotuvga chiqarilishini oldi olindi

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari boʻyicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda ayrim AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsamalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
06.11.2023

Охирги янгиликлар