#muhim #shoshilinch
Dubayning “Agroyara FZCO” kompaniyasi Livanning “Agro Lebanon Sarl” kompaniyasi nomidan qalbaki hujjatlar asosida “Uzkimyoimpeks” MChJdan sotib olingani aytilayotgan 40 ming tonna karbamidni Ruminiyaning “Prime Capital Invest S.R.L” kompaniyasiga, Konstansa portiga (Ruminiya) jo‘natgan.
Shuni ma’lum qilamizki, ushbu shartnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qalbaki. “O‘zkimyoimpeks” MChJ bilan Dubayning “Agroyara FZCO” kompaniyasi o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar mavjud emas, yuqorida qayd etilgan 40 ming tonna karbamid O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan.
Hamkorlarimiz va mijozlarimizdan mana shunday soxta hujjatlar asosida noqonuniy harakat qilayotgan firibgarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz!
“Uzkimyoimpeks” MChJ
06.11.2023
358
Охирги янгиликлар