Siz ko‘rib turgan bu tasvirlar 17-noyabr tunida, soat 1:20 da olingan
Unda Toshkent shahri iste‘molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta‘minlash maqsadida tegishli Davlat dasturlari doirasida Toshkent shahridagi podstansiyalardan birida jadallik bilan olib borilayotgan ta‘mirlash ishlarining mashaqqatli bosqichi - tungi mehnat jarayoni aks etgan.
Xususan, Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVli “Farobiy” podstansiyasidagi quvvati 25 000 kVA boʻlgan mavjud transformatorni 40 000 kVA bo‘lgan katta quvvatli taransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
17.11.2023
211
Охирги янгиликлар