Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Toshkent shahridagi 35/10/6 kVli “Sazit” podstantsiyasidan ta’minlanuvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Mirobod tumanining Dashnobod, Pomir, Marg‘ilon, Gaydar Aliyev, Mirzo Jahongir, Fitrat, Oq yо‘l va Qizil Arvat kо‘chalaridagi aholi iste’molchilarining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
21.11.2023
332
Охирги янгиликлар