Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:
- fuqarolarga BHMning o‘ndan bir qismidan 1 baravarigacha (33 ming so‘mdan 330 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga esa – 1 baravaridan 3 baravarigacha (330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...