Olmazor tumanidagi podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Bugun, soat 11:40 da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali balansida bo‘lgan, Olmazor tumanidagi “Sag‘bon” podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Olmazor tumanining Qora-Qamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4, 3/2 mavzelari hamda Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasi iste’molchilari (9000 ta iste’molchi) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.
24.11.2023
251
Охирги янгиликлар