Olmazor tumanidagi “Sag‘bon” podstansiyasida transformator o‘rnatib bo‘lindi. Iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulanmoqda
Hozirgi vaqtda Toshkent tumanining mazkur podstansiyasidan ta’minlanuvchi hududlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Olmazor tumanidagi iste’molchilar esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Mazkur jarayon tez fursatlarda to‘liq yakuniga yetkaziladi va iste’molchilar elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan yana bir bor uzr so‘raymiz.
25.11.2023
227
Охирги янгиликлар