Nosozlik bartaraf etilmoqda. O‘chgan hududlar bosqichma-bosqich zaxira manbalarga ulanyapti
Bugun Olmazor tumanining “Sag‘bon” podstansiyasidagi 10 kVli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.
Oqibatda poytaxtning Olmazor tumanidagi va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi ayrim iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda hududiy elektr tarmoqlarining 30 nafar xodimdan iborat maxsus brigadasi tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
Yuqoridagi hududlarda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni zaxira manbalarga bosqichma-bosqich ulash choralari ko‘rilmoqda.
Iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
27.11.2023
266
Охирги янгиликлар