Fargʻona viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexi 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.
Xususan, Oʻzbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y. ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tarmoqqa noqonuniy ravishda, tabiiy gaz hisoblagichisiz ulanib, davlat manfaatlariga 1 mlrd soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
30.11.2023
328
Охирги янгиликлар