Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Investitsiyalar vazirligi oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish hamda boshqa sohalarda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbirda Oʻzbekiston tomonidan energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, BAA tomonidan esa ushbu mamlakat investitsiya vaziri Muhammad al-Suvaydiy ishtirok etdi.
Mazkur hujjat ikki mamlakatning davlat organlari va xususiy sektor korxonalari oʻrtasida investitsiyalarni keng jalb qilish, qoʻshma tadqiqot dasturlarni amalga oshirish, texnik bilim, koʻnikma va tajriba almashish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Bitimda nazarda tutilgan hamkorlik shakllari shamol, quyosh, gidro elektr stansiyalarini ishlab chiqarish, energiya saqlash inshootlarini qurish boʻyicha loyihalar hamda investitsiyaviy imkoniyatlarni aniqlash, baholash va natijalar almashinuvidan iborat.