Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, Uchkoʻprik tumanining Bogʻiboʻston mahallasida faoliyat koʻrsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. tomonidan oʻzboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatilib, mayning qurilmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd soʻmlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.