O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ishlari yuqori sur’atlarda davom etmoqda va ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish muhim hisoblanadi.
Andijon viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha “Yashil energiya” kompaniyasining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, kuni kecha birinchi bo‘lib kompaniyaning Andijon viloyatida hamda bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.
Xuddi shuningdek, O‘zbekistonning qolgan 12 ta hududida mana shunday servis markazlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.