Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.P., B.K. va I.K. ga tegishli 3 ta issiqxona elektron gaz hisoblagichlarsiz oʻzboshimchalik bilan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 526 mln 529 ming soʻmlik zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Ushbu resurslarga talab ortgan paytda ham ulardan ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy va oʻgʻrincha foydalanishlari nihoyatda achinarlidir. Bunday shaxslarning nopok harakatlari energiya resurslari taʼminoti barqarorligiga jiddiy taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi.