Assalomu alaykum!
Kecha, 12-dekabr kuni isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beramiz.
12-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 255,3 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va isteʼmolchilarga 246,4 mln kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Taʼkidlash oʻrinliki, kecha soat 18:37 da respublikamiz elektr energiyasi isteʼmoli Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba 12 ming 370 megavatt quvvat bilan rekord koʻrsatkichni qayt etdi. Oʻtgan yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 11 ming 430 megavatt boʻlgan edi.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (metan zapravkalar) 7,7 mln kubometr tabiiy gaz hamda 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 710 tonna avtobenzin, 1 ming 550 tonna dizel yoqilgʻisi qoʻyilgan boʻlib, undan 3 ming 590 tonna avtobenzin hamda 262 tonna dizel yoqilgʻisi sotilgan.
Eslatib oʻtamiz, kechadan boshlab aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz taʼminlash maqsadida metan zapravkalarning ish vaqti 2-3 kunga soat 6:00 dan soat 12:00 gacha qisqartirildi. Bunda ularga ajratiladigan kunlik limit miqdori avvalgidek qoldi.
Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari oʻrnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.
Respublika hududlari boʻylab elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etib borilmoqda.
Mamlakatimiz boʻylab elektr qurilmalarda yuzaga kelgan 17 ta, gaz taʼminotida yuzaga kelgan 13 ta nosozlik bartaraf etildi.
Xususan, soat 09:35 da Samarqand shahri va Urgut tumani isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 10:20 da nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 10:28 da Olmazor tumani, Bobojonova koʻchasidagi 100 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 11:07 da isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 10:57 da Fargʻona tumani isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 11:10 da isteʼmolchilar boshqa manbalardan taʼminlangan. Soat 16:32 da taʼmirlash ishlari yakunlanib, elektr taʼminoti toʻliq tiklangan.
Soat 11:32 da Qibray tumani isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 12:30 da isteʼmolchilar boshqa manbalardan taʼminlandi.
Soat 11:47 da Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumani isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 12:09 da isteʼmolchilar boshqa manbalardan taʼminlandi. Soat 13:05 da nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 12:30 da Sergeli tumani, Xonobod mahalla isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 22:15 da isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 12:37 da Yashnobod tumani Shumilovskiy shaharchasi isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 16:33 da elektr taʼminoti tiklandi.
Soat 12:39 da Yashnobod tumani isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 14:19 da isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulandi.
Soat 12:57 da Bektemir tumani, Vodnik mavzesi isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 14:10 da isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 14:20 da Shayxontohur tumani Oqlon va Shofayz koʻchasi isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 16:15 da isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 17:53 da Toshkent tumani isteʼmolchlari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Soat 18:33 da nosozlik bartaraf qilindi.
Soat 02:05 da Chinoz tumanida isteʼmolchilari qisman oʻchirilgan. Soat 04:10 da nosozlik bartaraf qilinib, isteʼmolchilar elektr taʼminotiga qayta ulangan.
Soat 04:15 da Sergeli va Bektemir tumani isteʼmolchilarisoat 04:21 da Chilonzor tumanining Algoritm va Guliston mahallalari isteʼmolchilari qisman elektr taʼminotidan uzilgan. Hozirgi vaqtda ularning barchasida taʼmirlash ishlari yakunlandi.
Taʼminotdagi uzilishlar boʻyicha isteʼmolchilardan kelib tushgan 634 ta murojaatga binoan, elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.
Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti boʻyicha isteʼmolchilardan 864 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.
Qishning sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu kun ishlaydigan 1 ming 691 ta maxsus brigada tashkil qilingan boʻlib, ular joylarda muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlamoqdalar.
Shu oʻrinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini iltimos qilamiz.
Bilamizki, energiya resurslari chek-chegarasiz va tuganmas emas. Bugun biz yoqayotgan tabiiy gaz, biz ishlatayotgan elektr energiyasi, biz isteʼmol qilayotgan ichimlik suvida farzandlarimizning, kelajak avlodning ham haqqi bor. Shunday ekan, barchamiz bugun bizga suvtekin boʻlib koʻrinayotgan, ammo aslida eng qimmatli va eng qadrli boʻlgan ushbu resurslarni tejab-tergab, iqtisod qilib foydalanishimiz ham qarz, ham farzdir.
Hurmatli isteʼmolchilar! Elektr taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @het_admin administratorga, gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi guruhga hamda koʻmir taʼminoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlari va @Uzbekcoaluz_bot “Telegram” botga murojaat qilishingiz mumkin.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.