Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyatida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M.” MCHJ (mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo u yerda yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullangan) 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd 852 mln soʻmlikdan ziyod qo‘shimcha zarar undirishga qaratildi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.