Soat 21:53 da Farg‘ona viloyatida 110 kV “L-Charxiy-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Natijada ayrim iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.
Soat 22:25 da ayrim iste’molchilar boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Hozirgi vaqtda Uchko‘prik, Buvayda va Bag‘dod tumanlaridagi 3000 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.
Ayni vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
19.12.2023
251
Охирги янгиликлар