Buxoroda kuniga 500 ming kub metr gaz qazib olinadigan yangi quduq ochildi
Buxoro viloyatining Olot tumani hududida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Tegirmon” gazkondensat konidagi 7-sonli qidiruv qudug‘i 2428 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi.
O‘tkazilgan sinash ishlari natijasida yuqori yura davri karbonat yotqiziqlarining mahsuldor qatlamidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olindi. Quduqning boshlang‘ich kunlik debiti 500 ming kub metrni tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu quduqning mahsuldor qatlami bosimi, harorati va kon-geologik parametrlarini aniqlash hamda uning sanoat miqyosida ishlab chiqarish quvvatlarini baholash maqsadida, geologik-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.
20.12.2023
232
Охирги янгиликлар