“O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi
Kun tartibidagi ikkinchi masala — vazirlik va tarmoqlarni raqamlashtirish muhokama qilindi.
Tarmoq rahbarlariga faqat va faqat raqamlashtirish orqali tannarxni tushirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Buxorodagi “Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olinayapti.
Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJga quduqlarni raqamlashtirishni to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi.
Barcha tarmoqlarda ham raqamlashtirish sur’ati bir xil emasligi qayd etildi.
20.12.2023
272
Охирги янгиликлар