Farg‘ona viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Charxiy-2” va “L-Chilmahram” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Beshariq hamda Furqat tumanlaridagi iste’molchilar (6000 ta) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda mazkur nosozliklar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJning maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
22.12.2023
228
Охирги янгиликлар