Prezident raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi boshlandi
“Yurtimizda ushbu kengash raisi Prezident hisoblanadi. Hududlarda esa birinchi rahbarlar bu masala uchun mas’ul etib belgilangan. Chunki ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masaladir”, - dedi davlat rahbari.
Prezident yig‘iliganlar e’tiborini bu yil ijtimoiy sohaga eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani, bu 2016-yilga solishtirganda 5,6 barobar ziyodligiga qaratdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan qoidaning amaliy hayotimizdagi tasdig‘ini birgina ana shu misolda ham yaqqol ko‘rish mumkin.
"Bu ishlar dastlabki qadamlar bo‘lib, kelgusida yanada kengayib boradi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
22.12.2023
1396
Охирги янгиликлар