Qonunchilikka ko‘ra, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o‘rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...