Joriy yil 28-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Bandixon va Angor tumanlarida gaz taʼminoti taʼmirlash ishlari sababli vaqtinchalik toʻxtatildi
Ayni paytda bu yerda maxsus shtab tuzilgan boʻlib, 20 nafar mutaxassis 10 ta maxsus texnika yordamida nosoz quvurni taʼmirlash va almashtirish ishlarini olib borishmoqda.
Taʼmirlash ishlari bugun soat 18:00 gacha yakuniga yetkaziladi va tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
28.12.2023
230
Охирги янгиликлар