Soat 12:56 da Fargʻona viloyatida 110 kVli “L-YA-O‘z” elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan
Mazkur nosozlikni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida soat 16:00 gacha tarmoq taʼmirga chiqarildi.
Hozirgi vaqtda Beshariq, Buvayda hamda Oʻzbekiston tumanlarining ayrim isteʼmolchilari (8000 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.
Ayni paytda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
29.12.2023
208
Охирги янгиликлар