Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshiriqlariga asosan, “O‘ztransgaz” Aj tomonidan “Termiz” magistral quvuriga parallel ravishda 46,5 km uzunlikdagi “Termiz-2” magistral quvurini qurish loyihasining 31 km qismi ishga tushirilmoqda.
Natijada Termiz shahri va Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq hamda Sherobod tumanlarini 2024-2025-yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan taʼminlash uzluksizligi yaxshilanadi.
Shu munosabat bilan bugun, 8-yanvar kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Sherobod, Bandixon, Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi barcha isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligini bildirgan holda, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.