Soat 17:54 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Chilonzor tumanida 1800 ta, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida 1500 ta iste’molchi qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
07.01.2024
240
Охирги янгиликлар