Soat 10:59 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kVli “L-Charxiy-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Uchko‘prik, Bag‘dod va Buvayda tumanlari iste’molchilari qisman (4 900 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik soat 16:00 ga qadar to‘liq bartaraf qilinadi.
Shu bois ayni paytda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
09.01.2024
207
Охирги янгиликлар