Suvni ifloslantirmang, jarimasi bor
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming so‘mdan 3 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
09.01.2024
208
Охирги янгиликлар