Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlariga asosan, Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida qator sport tadbirlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, bugun, 13-yanvar kuni Energetika vazirligi xodimlari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Unda vazirlik Markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi. Turnir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
13.01.2024
189
Охирги янгиликлар