Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2023-yilda 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqardi
Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi.
Ushbu elektr stansiyalarda 2023-yilda:
➖576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi;
➖buning natijasida 174,8 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖atmosferaga 242,3 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Ma’lumot uchun, mazkur hajmdagi elektr energiyasi qariyb 240,4 mingta xonadonning bir yillik iste’molini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalar 2022-yilda 434 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqargan edi.
Energetika vazirligi Axborot xizmati.
23.01.2024
343
Охирги янгиликлар