Joriy yilning 1 – 8-fevral kunlari Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan DXX, Bosh prokuratura va IIB hamda elektr taʼminoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tizimga 7 mlrd 315 mln soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi.
Misol uchun, Fargʻona shahri va Furqat tumanida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaro tomonidan oʻz yashash xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarni elektr tarmoqlariga noqonuniy ulab olishlari natijasida davlat manfaatlariga jami 7 mlrd 14 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.