Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Qayd etilganidek, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Ular energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarga taalluqlidir.
Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulyatorlar, keramogranit hamda beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi.
15.02.2024
353
Охирги янгиликлар