Namangan viloyatidagi 7 ta hudud isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi
Prezidentimizning 2017-yil 16-sentyabrdagi qaroriga asosan, “Namangan magistral elektr tarmoqlari filiali” tasarrufidagi yuqori kuchlanishli (220/110/10 kV) “Sardor” podstansiyasidagi quvvati 125 MVA boʻlgan avtotransformator 250 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirildi.
Mazkur avtotransformator tasdiqlangan dasturga asosan kuchlanish ostiga qoʻyildi. Natijada “Sardor” podstansiyasida qoʻshimcha 125 MVA quvvat oʻtkazish imkoniyati yaratildi.
Buning samarasi o‘laroq, Namangan shahri, Kosonsoy, Namangan, Yangi Namangan, Davlatobod, Toʻraqoʻrgʻon va Chust tumanlari hududlaridagi aholi isteʼmolchilari hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarning elektr taʼminoti ishonchliligi oshirildi.
16.02.2024
275
Охирги янгиликлар