Soat 18:38 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kV “L-Chilmahram” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan
Buning natijasida Beshariq va Furqat tumanlari iste’molchilari qisman (5 mingta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Unga qadar o‘chiq turgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.
Qisqa vaqt ichida ushbu hudud iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
16.02.2024
150
Охирги янгиликлар