Noqulay ob-havo tufayli yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda
Avval xabar berganimizdek, kecha yurtimizga kirib kelgan sovuq ob-havo, xususan kuchli shamol ta’sirida elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan nosozliklar maxsus brigadalar tarafidan 24 soatlik navbatchilik asosida bartaraf etib borilmoqda.
Misol uchun, 220 kV kuchlanishga ega “Fayziobod” (Toshkent shahrida joylashgan) va “Adolat” (Toshkent viloyatida joylashgan) podstansiyalari oralig‘idagi elektr uzatish tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalari tomonidan ta’mirlanmoqda.
E’tiboringizga tungi ta’mirlash-tiklash ishlari aks etgan jarayonlarni taqdim etamiz.
Eslatib o‘tamiz, ushbu nosozlik iste’molchilar elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lmagan.
17.02.2024
200
Охирги янгиликлар