Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol natijasida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida:
➖Samarqand viloyatining Samarqand, Pasdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari iste’molchilari qisman (35 000 ta),
➖Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari iste’molchilari qisman (15 000 ta);
➖Jizzax viloyatining Baxmal tumani iste’molchilari qisman (700 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.