Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda gaz taʼminoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda 17 fevral kuni Toshkent viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “O.P.P.” MCHJga qarashli AGTKSHga tortilgan gaz quvuri koʻzdan kechirilganida, yashirin yoʻllar bilan qoʻshimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 37 mlrd 534 mln soʻm (25 mln 23 ming metr kub tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.