Farg‘ona shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi
Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yoshlar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi F.I. o‘z uyida 36 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 208,2 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
19.02.2024
189
Охирги янгиликлар