O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish

Сайт бўйича қидирув

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi
  • E-mail: info@minenergy.uz
  • Кўриниш

    A
    A
    A

    Шрифт ўлчами

    0% га катталаштириш
    0% га катталаштириш
  • РУ
  • O'Z
  • EN
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Brifing: 18-fevral kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi
  • Асосий
  • Матбуот маркази
  • Brifing: 18-fevral kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi

Assalomu alaykum!

Kecha, 18-fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

18-fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.

Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.

Shunga qaramay, kecha elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 mln kVt·soatni tashkil etib, mamlakatimiz bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.

Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.

Avval xabar qilganimizdek, 17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol tufayli 110 kV kuchlanishga ega “L-Gazli-1” hamda “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarining avariyaviy o‘chishi natijasida “Gazli” kompressor stansiyasidagi 8 ta hamda “Gazli” gazni qayta ishlash zavodiga qarashli “Uchqir” kompressor stansiyasidagi 2 ta gaz haydash agregati favqulodda to‘xtagan.

Oqibatda tabiiy gaz hajmi me’yoriy sxemadagidan qisqarib, magistral gaz quvurlarida bosim nisbatan pasaygan.

Gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi barcha metan zapravkalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi va bu cheklov bugun ham davom etadi.

Magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketishi mumkinligini inobatga olib, respublika iste’molchilari hamda issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida yana boshqa zarur choralar ham ko‘rilmoqda.

Hozirgi vaqtda 110 kVli “L-Gazli-1” hamda “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Gaz haydash agregatlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish ustida ishlanmoqda.

Kecha mamlakatimizdagi 133 ta metan zapravka orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa obyektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.

Avtobenzin va dizel yonilg‘isi aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 18-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 1 ming 126 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda tuzilgan shtablar 24 soatlik navbatchilik rejimi asosida ishlayapti.

Respublika hududlari bo‘ylab qishning sovuq kunlarida iste’molning ko‘payishi tufayli elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida yuklamalarning ortishi hisobiga yuzaga kelayotgan nosozliklar ham tezkor bartaraf etib borilmoqda.

Xususan, kecha mamlakatimiz bo‘ylab qattiq shamol va kuchli qor yog‘ishi tufayli elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 9 ta, gaz ta’minotida yuzaga kelgan 3 ta nosozlik bartaraf qilindi.

Jumladan, kecha Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi 700 ta iste’molchi, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlaridagi 15 mingta iste’molchi, Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq va Payariq tumanlaridagi jami 35 mingta iste’molchi, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 1 ming 150 ta iste’molchi, Toshkent shahrining Shayxontohur, Yashnobod, Sergeli va Yangi hayot tumanlaridagi 1 ming 240 ta iste’molchi, Andijon viloyatining Andijon tumanidagi 980 ta iste’molchi kunning turli vaqtlari davomida elektr ta’minotidan uzilgan.

Ta’kidlash joizki, qishning sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tuzilgan 1 ming 691 ta maxsus brigada safida mehnat qilayotgan 7 ming 300 nafardan ortiq ishchi-xodimlar tunu kun ishlab, joylarda muammolarni zudlik bilan bartaraf etmoqdalar.

18-fevral kuni elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 322 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 178 ta murojaat bo‘yicha ham tegishli tartibda tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi.

Hurmatli iste’molchilar! Agar Sizda elektr energiyasi va gaz ta’minoti bo‘yicha qandaydir muammolar paydo bo‘lsa, elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqamiga, shuningdek, 71-207-23-76 telefon raqami yoki “Telegram”dagi @het_admin administratorga, gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 qisqa raqamlariga, shuningdek, 71-202-11-04 telefon raqami yoki “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi maxsus guruhga hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.



Эътиборингиз учун раҳмат.


19.02.2024
805
Охирги янгиликлар
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
24.07.2024
8953
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
15.07.2024
6444
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
30.05.2024
8034
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • Vazirlik haqida
    • Vazirlik haqida
    • Hay'at
    • Rahbariyat
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Vazirlik tuzilmasi
    • Ilmiy-tehnik kengash
    • Markaziy apparat
  • Matbuot markazi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Rahbariyatning chiqish va bayonotlari
    • Media-reja
    • OAV biz haqimizda
    • Axborot xizmati bilan bog‘lanish
    • Murojaatlar statistikasi
    • Energiya samaradorligi bo‘yicha axborot portali
    • O'zbekiston Qahramoni
    • Tariflar
    • Ochiq ma'lumotlar portali
    • Ilmiy ishlar
    • Rejalashtirilgan o'chirishlar
  • FAOLIYAT
    • Rivojlanish konsepsiyasi va investitsion imkoniyatlar
    • Neft va gaz tarmog‘i
    • Elektr energetika tarmog‘i
    • Atom energetikasi sohasi
    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
    • Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi
    • Energetika sohasida davlat nazorati
    • Neft va gaz sohasida davlat nazorati
    • Xalqaro hamkorlik
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
    • Odob-ahloq qoidalari
    • Bitimlarni amalga oshirish guruhi
  • Hujjatlar
    • Qonunlar
    • Prezident farmon, qaror va farmoyishlari
    • Hukumat qarori va farmoyishlari
    • Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me'yoriy hujjatlar
    • Kasb standartlari
    • Vazirlikning buyruq va qarorlari
  • Bog‘lanish
  • Yoshlar ittifoqi
    • Faoliyat
    • Normativ-huquqiy hujjatlar
    • Tashkiliy tuzilma
    • Yangiliklar
    • Foto lavha
    • Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi
  • Save Energy
    • Yangi
    • Qoidalar
    • Tanlov komissiyasi
    • Ariza
  • Kasaba uyushmasi
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ochiq ma'lumotlar
    • Tizim tashkilotlari
  • Energiya samaradorlik tizimi(ES)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
Маълумотлардан фойдаланилганда
www.minenergy.uz га ҳавола кўрсатилиши шарт
© Барча ҳуқуқлар ҳимояланган 2019 - 2025 ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ ТАЪМИНОТИ БИЛАН БОҒЛИҚ САВОЛЛАР ЮЗАСИДАН МУРОЖААТ МАНЗИЛЛАРИ РЎЙХАТИ
  • Ишонч телефони 71-231-81-18
  • Иш тартиби: 9:00 дан 18:00 гача
  • Тушлик: 13:00-14:00
  • Қабул кунлариДушанба - Жума
  • Call марказ - 1154 (электр энергияси бўйича)
    - 1104 (газ таъминоти бўйича)
Диққат! Агар сиз матнда хатоликларни аниқласангиз, уларни белгилаб, маъмуриятни хабардор қилиш учун Ctrl+Enter тугмаларини босинг