Kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 2 ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuchlanishga ega “L-Gazli-1” hamda “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.


Avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 57 ta xodimdan iborat 7 ta maxsus brigadasi 12 mashina-mexanizmlar bilan mehnat qilmoqda.


Mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar ayni paytda zaxiradagi 110 kV kuchlanishga ega “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali elektr energiyasi bilan taʼminlayapti.


Suratlarda: taʼmirlash-tiklash ishlaridan lavhalar.

19.02.2024

Охирги янгиликлар