Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Misol uchun, ekin maydonlari va tog‘li hududlardan o‘tuvchi 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilyapti.
19.02.2024
178
Охирги янгиликлар