Noqulay ob-havo tufayli olis hududlardagi elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar energetiklar tomonidan bartaraf etilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir boʻlayotgan nosozliklarni oʻz vaqtida taʼmirlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib borilmoqda.


Xususan, Sariosiyo tumanidagi “Toqchiyon” podstansiyasidan chiquvchi elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik soha xodimlari tomonidan tezkor bartaraf etildi.


Shu bilan birga, Boysun tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Qoʻrgʻoncha” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlikni qisqa vaqt ichida bartaraf etish choralari koʻrildi.
21.02.2024

Охирги янгиликлар