O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga topshirildi

“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat hisoblanadi.
Bugun, 23-fevral kuni Samarqand shahrida “BAT Uzbekistan” kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi “yashil energiya” sertifikatlari rasman topshirildi.

Aytish lozimki, 2000 dona yashil energiya sertifikatini xarid qilgan “BAT Uzbekistan” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun joriy yilning yanvar-fevral oylarida ishlatgan elektr energiyasining 100 foiz qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.
23.02.2024

Охирги янгиликлар